O’zbekiston Respublikasining Buyuk
Britaniya va Shimoliy Irlandiya
Birlashgan Qirolligidagi Elchixonasi
ENG O’ZB ÐÓŅ









Valyutalar kursi (UZS)   23.06.2017
  CB Buy Sell
GBP 2897.79 2898.00 2941.00
EUR 2456.73 2457.00 2493.00
USD 1832.19 1845.00 1851.00
JPY 224.34 225.00 228.37

Ob-havo (Toshkent) 23.06.2017
Today


, -18 °C
:
, -18°C
Precipitation: %

High -18°C
Low -18°C

High -18°C
Low -18°C

Hukumat

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning o'rinbosarlari, vazirlar, davlat qo'mitalarining raislaridan iborat. Qoraqalpog'iston Respublikasi hukumatining boshlig'i Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o'z lavozimi bo'yicha kiradi.

Vazirlar Mahkamasi: 

  1. Samarali iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy, pul-kredit siyosati yuritilishi, fan, madaniyat, ta'lim, sog'liqni saqlashni hamda iqtisodiyotning va ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish bo'yicha dasturlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi uchun javobgar bo'ladi;
  2. Fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
  3. Davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari ishini muvofiqlashtiradi va yo'naltiradi, ularning faoliyati ustidan qonunda belgilangan tartibda nazoratni ta'minlaydi;
  4. O'zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta'minlaydi;
  5. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga har yili mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan ma'ruzalar taqdim etadi;
  6. Oz'bekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va O'zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Vazirlar Mahkamasi konstitutsiyaviy normalar doirasida va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O'zbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo'lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.

Vazirlar Mahkamasi o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti oldida javobgardir.

Amaldagi Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida o'z vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi, biroq Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi shakllantirilguniga qadar mamlakat Prezidentining qaroriga muvofiq o'z faoliyatini davom ettirib turadi.

Vazirlar Mahkamasi o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasining 6 may 1993 yildagi «O'zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi to'g'risida»gi Qonuniga muvofiq olib boradi.

Vazirlar Mahkamasi o'z vakolatlari doirasida:

  • iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy jarayonlarni boshqaradi, mulkchilikning barcha shakllarini uyg'unlashtirish va ularning tengligi, iqtisodiyotni monopoliyalashtirishdan chiqarish, bozor iqtisodiyotining huquqiy mexanizmini ishga solish asosida erkin tadbirkorlik uchun shart-sharoitlar yaratadi;
  • xo'jalik yuritishning yangi shakllari — kontsernlar, konsortsiumlar, tarmoqlararo birlashmalar, turli uyushmalar va boshqa shunga o'xshash tashkilotlarni barpo etishga va mustahkamlashga yordamlashadi, iqtisodiyotni rivojlantirish va aholi talab-ehtiyojlarini qondirish zaruriyatidan kelib chiqqan holda ular faoliyatini yo'naltiradi va muvofiqlashtiradi;
  • O'zbekiston Respublikasida pul va kredit tizimini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirishga ko'maklashadi, yagona narx siyosatini o'tkazish, mehnatga haq to'lash miqdorining belgilangan kafolatlarini hamda ijtimoiy ta'minot darajasini ta'minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
  • O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetini, shuningdek O'zbekiston Respublikasini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish istiqbol ko'rsatkichlarini va eng muhim dasturlarini ishlab chiqishni hamda ularning ijrosini tashkil etadi;
  • boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish to'g'risida, vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar hamda O'zbekiston Respublikasi davlat va xo'jalik boshqaruvining boshqa organlarini tuzish, qayta tashkil etish va tugatish to'g'risida takliflar ishlab chiqadi;
  • fan va texnikani rivojlantirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
  • fuqarolarning huquq va erkinliklarini, ularning mehnat qilishga, ijtimoiy va huquqiy himoyalanishga bo'lgan huquqlarini ta'minlash hamda himoya qilish chora-tadbirlarini ko'radi, ijtimoiy ta'minot tizimini takomillashtiradi;
  • sog'liqni saqlash, xalq ta'limini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo'nalishlarini belgilaydi, madaniyatni rivojlantirishga ko'maklashadi;
  • O'zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi va mudofaa qobiliyatini, davlat chegaralari qo'riqlanishini ta'minlash, davlat manfaatlarini himoya qilish, jamoat tartibini saqlash chora-tadbirlarini amalga oshirishga yordamlashadi;
  • davlat boshqaruvi organlarining tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini birgalikda o'tkazish hamda respublika va xalqaro ahamiyatga molik yirik ekologik dasturlarni amalga oshirish borasidagi ishlarini muvofiqlashtiradi, yirik avariyalar va falokatlarning, shuningdek, tabiiy ofatlarning oqibatlarini tugatish chora-tadbirlarini ko'radi;
  • O'zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardagi vakilligini ta'minlaydi, hukumatlararo shartnoma va bitimlar tuzadi, ularni bajarish chora-tadbirlarini ko'radi;
  • tashqi iqtisodiy faoliyat, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik sohasida rahbarlikni amalga oshiradi.

Vāzirlār Māhkāmāsi

«Prāvdā Vîstîkā» gāzåtāsining muāssisi, shuningdåk, «Õālq so`zi» vā «Nārîdnîå slîvî» gāzåtālārining hām muāssisi hisîblānādi.

Mānzil: 100078, Tîshkånt shāhār, Hukumāt uyi, Mustāqillik māydîni, 5

Umumiy bo`lim: +998 (71) 239-8676 
Devonxona: +998 (71) 239-8260, +998 (71) 239-8486
Fuqārîlār qābuli, õāt vā ārizālārni ko`rib chiqish bo`limi:
Tel.: +998 (71) 239-8114
Fāks: +998 (71) 239-8463


















Assosiy | Biz bilan bog’lanish | Sayt tuzilmasi | Izlash

© 2008 — 2017. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BUYUK BRITANIYA VA SHIMOLIY IRLANDIYA BIRLASHGAN
QIROLLIGIDAGI ELCHIXONASI
41 Holland Park, London, W11 3RP United Kingdom
Tel: +44 (0) 2072297679 | Fax: +44 (0) 2072297029 | Email: info@uzbekembassy.org
Konsulik bo’limi | Tel: 08714681100 | Email: consul@uzbekembassy.org
© 2008 - 2016 Barcha huquqlar himoyalangan.