O’zbekiston Respublikasining Buyuk
Britaniya va Shimoliy Irlandiya
Birlashgan Qirolligidagi Elchixonasi
ENG O’ZB ÐÓÑ









Valyutalar kursi (UZS)   19.08.2017
  CB Buy Sell
GBP 2897.79 2898.00 2941.00
EUR 2456.73 2457.00 2493.00
USD 1832.19 1845.00 1851.00
JPY 224.34 225.00 228.37

Ob-havo (Toshkent) 19.08.2017
Today


, -18 °C
:
, -18°C
Precipitation: %

High -18°C
Low -18°C

High -18°C
Low -18°C

O’zbekiston haritasi

Map of Uzbekistan

 

O’zbekiston Markaziy Osiyoda joylashgan bo’lib, mintaqadagi boshqa davlatlar orasida juda qulay tabiiy-geografik sharoitlarga ega. Mamlakat hududi o’ziga xos past-tekislik va tog’ relefini o’z ichiga oladi.

 

O'zbekiston hududining katta qismini (4/5 qismi atrofida) pasttekisliklar tashkil etadi. Shulardan eng muhimi Turon past-tekisligidir.

Mamlakat sharqi va shimoliy sharqida Tyan-Shan va Pomir tog' (mamlakatning eng yuqori nuqtasi (4643m) tizmalari joylashgan. O'zbekiston hududi markazida dunyoning bepoyon cho'llaridan biri — Qizilqum yastanib yotadi.


Respublika hududining 1/5 qismini tog' va tog' oldi hududlar tashkil etadi. Sharqiy hududi o'rta va baland tog'li relefdan iborat. Mamlakat hududi G'arbiy Tyan-Shan (Ugom, Pskem, Chotqol va Qurama tog' tizmasi) va Pomir-Oloy (Zarafshon, Turkiston, Hisor, Qo'hitangtog' va Boysuntog' tog' tizmasi) tog' tizmalari yonbag'rini o'z ichiga oladi. Janubdan g'arbga tomon ular qiyalab boradi va past-tekislikka qo'shilib ketadi. Ushbu tog'lar orasida ulkan Qashqadaryo, Surxondaryo, Zarafshon va Samarqand vohalari yastanib yotadi. Bularning eng kattasi hisoblangan Farg'ona vodiysi -uzunligi 370 kilometr, kengligi 190 kilometrga yetadi. U uch tomondan baland tog' bilan o'ralgan va faqat g'arb tomoni tekislikdir. Afg'oniston bilan chegara hududda Amudaryo deltasi yoyilib yotadi.

 


















Assosiy | Biz bilan bog’lanish | Sayt tuzilmasi | Izlash

© 2008 — 2017. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BUYUK BRITANIYA VA SHIMOLIY IRLANDIYA BIRLASHGAN
QIROLLIGIDAGI ELCHIXONASI
41 Holland Park, London, W11 3RP United Kingdom
Tel: +44 (0) 2072297679 | Fax: +44 (0) 2072297029 | Email: info@uzbekembassy.org
Konsulik bo’limi | Tel: 08714681100 | Email: consul@uzbekembassy.org
© 2008 - 2016 Barcha huquqlar himoyalangan.