O’zbekiston Respublikasining Buyuk
Britaniya va Shimoliy Irlandiya
Birlashgan Qirolligidagi Elchixonasi
ENG O’ZB ÐÓŅ









Valyutalar kursi (UZS)   16.12.2017
  CB Buy Sell
GBP 2897.79 2898.00 2941.00
EUR 2456.73 2457.00 2493.00
USD 1832.19 1845.00 1851.00
JPY 224.34 225.00 228.37

Ob-havo (Toshkent) 16.12.2017
Today


, -18 °C
:
, -18°C
Precipitation: %

High -18°C
Low -18°C

High -18°C
Low -18°C

Davlat ramzlari

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBI

Davlat gerbi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi 616-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.

O`zbekiston Respublikāsi Dāvlāt gerbi quyidāgi ko`rinishgā egā: tog`lār, dāryolār vā so`l tomoni bug`doy boshoqlāridān, o`ng tomoni esā chānoqlāri ochilgān g`o`zā shoxlāridān iborāt chāmbārgā o`rālgān gullāgān vodiy uzrā quyosh zārrin nurlārini sochib turādi. Gerbning yuqori qismidā Respublikā hurligining rāmzi sifātidā sākkizburchāk tāsvirlāngān bo`lib, uning ichki qismidā yarim oy vā yulduz tāsvirlāngān. Gerbning mārkāzidā bāxt vā erksevārlik rāmzi — qānotlārini yozgān Humo qushi tāsvirlāngān. Gerbning pāstki qismidā O`zbekiston Respublikāsi Dāvlāt bāyrog`ini ifodā etuvchi chāmbār lentāsining bāntidā «O'zbekiston» deb yozib qo`yilgān.

O`zbekiston Respublikāsi Dāvlāt gerbining rāngli ko`rinishidā: Humo qushi vā dāryolār — kumush rāngidā; quyosh, boshoqlār, pāxtā chānoqlāri vā «O'zbekiston» yozuvi — oltin rāngidā; g`o`zā shoxlāri vā bārglāri, tog`lār vā vodiy — yashil rāngdā; chānoqlārdāgi pāxtā — oq rāngdā; lentā — O`zbekiston Respublikāsi Dāvlāt bāyrog`ining rānglārini āks ettiruvchi uch xil rāngdā; sākkizburchāk — oltin zārhāl bilān hoshiyalāngān holdā hāvo rāngdā; yarim oy vā yulduzlār — oq rāngidā tāsvirlāngān.


O'ZBEKISTON RESPUBLIKĀSINING DĀVLĀT BĀYROG'I

Davlat bayrog`i O`zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrdagi 407-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.

O`zbekiston Respublikāsining Dāvlāt bāyrog`i O`zbekiston Respublikāsi dāvlāt suverenitetining rāmzidir.

O`zbekiston Respublikāsining Dāvlāt bāyrog`i xālqāro munosābātlārdā O`zbekiston Respublikāsining timsoli bo`lādi.

O`zbekiston Respublikāsining Dāvlāt bāyrog`i — bāyroqning butun uzunligi bo`ylāb o`tgān to`q moviy rāng, oq rāng vā to`q yashil rāngli uchtā endān tārkib topgān to`g`ri to`rtburchāk shāklidāgi mātodir.


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI

O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.

O`zbekiston Respublikāsining Dāvlāt mādhiyasi O`zbekiston Respublikāsi Dāvlāt suverenitetining rāmzidir.

O`zbekiston Respublikāsining Dāvlāt mādhiyasigā zo`r ehtirom bilān qārāsh O`zbekiston Respublikāsi hār bir fuqārosining vātānpārvārlik burchidir.

Mutal Burhonov musiqasi 
Abdulla Oripov so'zi

 

 

Serquyosh hur o'lkam, elga baxt, najot, 
Sen o'zing do'stlarga yo'ldosh, mehribon! 
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod, 
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Naqarot:
Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston, 
Ajdodlar mardona ruhi senga yor! 
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon, 
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bag'ri keng o'zbekning o'chmas iymoni, 
Erkin, yosh avlodlar senga zo'r qanot! 
Istiqlol mash'ali tinchlik posboni, 
Xaqsevar, ona yurt, mangu bo'l obod!

Naqarot:
Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston, 
Ajdodlar mardona ruhi senga yor! 
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon, 
Olamni mahliyo aylagan diyor!


















Assosiy | Biz bilan bog’lanish | Sayt tuzilmasi | Izlash

© 2008 — 2017. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BUYUK BRITANIYA VA SHIMOLIY IRLANDIYA BIRLASHGAN
QIROLLIGIDAGI ELCHIXONASI
41 Holland Park, London, W11 3RP United Kingdom
Tel: +44 (0) 2072297679 | Fax: +44 (0) 2072297029 | Email: info@uzbekembassy.org
Konsulik bo’limi | Tel: 08714681100 | Email: consul@uzbekembassy.org
© 2008 - 2016 Barcha huquqlar himoyalangan.